Ekologik iqtisod

Ekologik iqtisod — Bu Xalqaro Ekologik Iqtisodiyot Jamiyatining fanlararo jurnali hisoblanadi. 1989— yilda jurnal asoschisi va bosh muharrir Robert Kostansa tomonidan tashkil etilgan boʻlib, bu jurnal hozigi kungacha oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

Jurnaldagi[1] nashrlarning asosiy mavzulari tabiiy resurslar mavjudligini baholash, qishloq xoʻjaligini barqarorlashtirish va rivojlantirish, gen injeneriyasida esa organizmlarning ekologik va iqtisodiy oqibatlari va ularni modellarini ishlab chiqish, tabiiy boyliklarni baholashning muqobil tamoyillarini yaratish va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ekologik iqtisodchi Malte Michael Faber[2] fikricha ekologik iqtisod tabiatga, adolatga va vaqtga bogʻliqligi bilan belgilanadi. Bu iqtisodiyot yoki ekologiyaning quyi intizomi boʻlishga qaramasdan aslida u psixologiya, antropologiya arxeologiya va tarixni ham oʻzaro bogʻlovchi koʻprikdir. Odamlar oʻtmishda atrof-muhit bilan qanday munosabatda boʻlganligi va kelajakda qanday munosabatda boʻlishilari haqida aniqroq malumot berishga harakat qiladi. Jurnalning bir yil davomida 16 tagacha yangi nashri chop etiladi.

  1. https://www.scimagojr.com/journalsearch.php?q=20290&tip=sid&clean=0
  2. https://en.wikipedia.orgview_html.php?sq=Yale School of Management &lang=uz&q=Ecological_economics

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search